02.12.2025
1 daq o'qish
1
#Universitetimiz bitiruvchisi Xalqaro QS reytingidagi Top-128 o'rindagi Italiyaning nufuzli universiteti magistratura ta’lim yo‘nalishida grant asosida ta'lim olmoqda
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bitiruvchisi Iroda Bakayeva Italiyadagi nufuzli Sapienza University of Rome (Top 128 QS World University Rankings)ning magistratura dasturiga o‘qishga qabul qilindi. U mazkur oliygohning Madaniy meros yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqda. Ushbu natija bitiruvchimizning mustahkam bilim va ko‘nikmalarini, shuningdek, universitetimizda yaratilgan sifatli va xalqaro ta’lim muhitining amaliy isbotidir. Universitet jamoasi Bakayeva Irodani ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi va uning keyingi ilmiy-amaliy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.