Universitetimiz umumta’lim maktablari bitiruvchilari orasida keng targ‘ib qilinmoqda.
Universitetimiz Marketing va qabul bo‘limi mutaxassislari tomonidan Tayloq tumanidagi 59-maktab bitiruvchilari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining faoliyati, kelajak rejalari hamda talaba-yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.