O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkazilayotgan “Fikringni ber! (VoiceUP)” xalqaro inklyuziv yoshlar oromgohining bir guruh ishtirokchilari oliygohda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Mehmonlar talabalar dars o‘tadigan zamonaviy auditoriyalar, jihozlangan laboratoriyalar hamda universitet hududidagi suv havzasini ko‘zdan kechirdi. Tashrif davomida ishtirokchilarga o‘qish jarayoni, dam olish va sport imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ushbu tashabbus inklyuziv ta’lim va yoshlarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.