07.05.2026
1 daq o'qish
1
“II International Turkic World Economic Conference”da universitetimiz olimlari faol ishtirok etmoqda
Baku shahrida 7-8 may kunlari bo‘lib o‘tayotgan “II International Turkic World Economic Conference” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida universitet vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Xususan, Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot kafedrasi mudiri, dotsent Nilufar Raximova hamda ushbu kafedra dotsenti Nigina Sultanova o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan konferensiyada qatnashmoqda.
Olimlarning ma’ruzalari turkiy davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik, xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyotning zamonaviy tendensiyalariga bag‘ishlangan. Ushbu ishtirok O‘zbekiston ilm-fanining xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.