"Oʻzmilliy bank" Samarqand viloyati bosh boshqarmasi mas’ul xodimi U. Amanbayev hamda "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida faoliyat yuritayotgan "Kelajakka qadam markazi" hududiy bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bitiruvchi talabalar bilan muntazam uchrashuv va suhbatlar tashkil etilmoqda. Mazkur qabul kunlarida bitiruvchilarning loyihalarini o‘rganish, ularni moliyalashtirish imkoniyatlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berilib, imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirish jarayonlari amaliy ko‘mak asosida olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar markazga jami 13 nafar bitiruvchi talaba tomonidan o‘z startap va biznes loyihalari taqdim etilgan. Shundan 9 ta loyiha "O‘zmilliy bank" tomonidan ma’qullanib, ularga jami 120 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.