Prezident maktabi o‘quvchilari universitet bilan yaqndan tanishdi
Samarqand, 19-may. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Prezident maktabining yuqori sinf o‘quvchilari universitetning zamonaviy o‘quv binolari, ilmiy laboratoriyalari, kutubxonasi bilan tanishdi. Universitet vakillari mehmonlarga infratuzilma, xalqaro hamkorlik va ta’lim jarayoni haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, o‘quvchilar uchun arxeologiya, muzeyshunoslik, turizmni boshqarish, xalqaro munosabatlar va tarjimonlik yo‘nalishlarida ochiq darslar hamda master-klasslar tashkil etildi. Muloqotlarda kasb tanlash, xalqaro loyihalar va ingliz tilida ta’lim olishning afzalliklari muhokama qilindi.
Prezident maktabi o‘quvchilaridan biri:
“Bu tashrif bizga kelajakdagi maqsadlarimizni aniqroq belgilashga yordam berdi”, — dedi.
Tashrifdan asosiy maqsad — Prezident maktabi o‘quvchilarini nufuzli oliy ta’lim dargohlari imkoniyatlari bilan tanishtirish, kasbiy yo‘nalish berishdan iborat.