Professor Mavlyuda Yusupova xalqaro ensiklopediyada e’tirof etildi
1960–2020 yillarda faoliyat yuritgan ayol arxitektorlarning jahon miqyosidagi hissasini yorituvchi Bloomsbury Global Encyclopedia of Women in Architecture ensiklopediyasida universitetimizning “Tarix va madaniy meros” kafedrasi professori, me’morchilik fanlari doktori (DSc) Mavlyuda Yusupova haqida biografik maqola chop etildi.
Mazkur maqola Garvard universiteti tadqiqotchisi doktor Dilrabo Tosheva tomonidan tayyorlangan bo‘lib, u O‘zbekiston ayol arxitektorlarining ilmiy va kasbiy merosini jahon maydoniga olib chiqishga xizmat qiladi.
Professor Yusupovaning me’moriy merosni tadqiq etish va saqlash sohasidagi ulkan xizmatlari xalqaro miqyosda munosib e’tirof etildi. Bu yutuq barchamiz uchun katta faxr va ilhom manbaidir.
Professor Mavlyuda Yusupovani samimiy tabriklaymiz!