24-noyabr kuni Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” turizm majmuasining Expo markazida boshlangan Yo’qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi flora va fauna vakillarining noqonuniy savdosiga qarshi kurash to’g’risidagi Konvensiya (CITES) 20-konferensiyasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda universitetimiz professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etishdi.