Davlat xizmatini modernizatsiya qilish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash vazifalari doirasida Samarqand viloyatida ochiq muloqot tashkil etildi.
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda davlat boshqaruvi organlari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lib o‘tgan tadbirda Akademiyada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi ta’lim modeli hamda rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi taqdim etildi.
Universitet rektori Muxsinjon Xolmuxamedov so‘zga chiqib, davlat xizmatini rivojlantirish, istiqbolli kadrlarni tayyorlash hamda ta’lim va amaliyot uyg‘unligini mustahkamlashning ahamiyatini ta’kidladi.
Tadbirda davlat xizmatini rivojlantirish, inson kapitalini boshqarish va zamonaviy rahbarlik kompetensiyalarini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.