22.05.2026
1 daq o'qish
1
“Fundamentals of Economics” fanidan Rektor olimpiadasi o‘tkazildi
21-may sanasida Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot kafedrasi tashabbusi bilan “Fundamentals of Economics” fanidan Rektor olimpiadasi tashkil etildi. Olimpiadada Universitetning 36 nafar iqtidorli talabasi ishtirok etdi. Talabalar iqtisodiyotning asosiy tamoyillari, kreativ iqtisodiyot va biznes yo‘nalishlaridagi bilimlarini namoyish qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. G‘olib va sovrindorlar tegishli diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.