Bugun 1-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha Rektor kubogi bahsi bo‘lib o‘tdi. Talaba-yoshlardan iborat jami 22 ta jamoa ishtirok etgan bilimlar bellashuvida bilimdonlar 3 ta tur doirasida 36 ta savollarga javob berishdi. Savollar asosan tarix, falsafa, geografiya kabi fanlardan mantiqiy tarzda bo‘ldi. Talabalarning bellashuvga alohida tayyorgarlik ko‘rgani bois javoblar ham tezkor va aniq bo‘ldi. Bilimlar bellashuvida eng faol va aniq javob bergan 3 ta jamoa g‘olib bo‘ldi va sertifikat va pul mukofotiga ega bo‘ldi. Umumjamoa hisobida
1-o‘rinni egallagan jamoa Rektor kubogi sohibiga aylandi.
Umumiy natijalarga ko‘ra:
🥇 1 o‘rin-Invicta jamoasi
🥈2 o‘rin-Mastermind jamoasi
🥉3 o‘rin-Fenix jamoasi