Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Baxmal tumanida 3-son texnikum faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

11.02.2026 1 daq o'qish 35

Baxmal tumanida 3-son texnikum faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillaridan iborat ishchi guruh Baxmal tumanidagi 3-son texnikum faoliyati, ta’lim sifati hamda turizm yo‘nalishini rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rgandi. O‘rganishlar davomida hududiy turizm salohiyatidan samarali foydalanish, ta’lim jarayonini amaliyot bilan integratsiya qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Xususan, “Visit Baxmal” turizm platformasini yaratish, universitet bilan hamkorlikda o’qituvchilar va tadbirkorlar uchun malakaviy seminarlar tashkil etish hamda Samarqand shahriga o‘quv-amaliy sayohat uyushtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Galereya

Ulashish: