26.10.2026
1 daq o'qish
10
“Rektor kubogi” doirasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi
2026-yil 23-oktabr kuni universitetimizda “Rektor kubogi” doirasida ommaviy sport musobaqalarining stol tennisi turi bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.
Musobaqada universitet talabalari o‘zaro kuch sinashib, stol tennisidagi mahoratlari, tezkorlik va chaqqonliklarini namoyon etdilar.
Mazkur musobaqa talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.