Mazkur tadbir davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”ning birinchi yo‘nalishi — yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kitobxonlikni keng targ‘ib qiladi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlari sevgan badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar haqida qisqacha taqdimotlar tayyorlab, ularni onlayn platformalarda baham ko‘rishdi. Baholash mezonlariga asosan eng faol ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
"Ipak yo‘li" universitetida bundan keyin ham yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi mazmunli loyihalar davom ettiriladi.