Universitetimiz mas’ullari tomonidan Samarqand shahridagi ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilmoqda. Shu doirada mas’ullar talabalarimiz S. Tursunova va X. Akramovalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonida bo‘lib, ular bilan samimiy muloqot o‘tkazishdi.
Tashrif davomida xonadondagi sanitariya-gigiyena holati, yashash uchun yaratilgan qulayliklar hamda xavfsizlik choralari o‘rganildi. Shuningdek, talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ta’lim jarayonida yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanish borasida zarur tavsiyalar va tushunchalar berildi.
Ushbu tashrifning asosiy maqsadi — talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning o‘qish va dam olishlari uchun qulay muhit yaratishga ko‘maklashishdan iboratdir.