Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Samarqanddagi nufuzli IT maktab vakillari universitetimiz talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi

27.02.2026 1 daq o'qish 39

Samarqanddagi nufuzli IT maktab vakillari universitetimiz talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bugungi talaba har tomonlama bilimli, intellektual salohiyati yuqoriligi bilan ajralib turadi. Universitetimizga tashrif buyurgan Samarqand shahridagi School 21 maktabining tajribali spikerlari talabalar bilan bo‘lgan uchrashuvda yoshlarning salohiyati va qiziquvchanligi yaqqol namoyon bo‘ldi.

Spikerlar va talabalar o‘rtasidagi muloqot an’anaviy shakldan farq qilib, jonli bahs-munozaralarga aylandi. Zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqish talabalarning IT sohasi bilimdonlaridan yangi bilim va tajribalarni o‘zlashtirish ishtiyoqini yanada oshirdi.

Savol-javoblar va o‘zaro fikr almashinuvlari talabalar bilan mutaxassislar o‘rtasida qiziqarli debatlarga sabab bo‘ldi. Umuman olganda, bunday uchrashuvlar talabalarni kengroq fikrlashga va zamon bilan hamnafas bo‘lishga undaydi.

Bunday hamkorlik yosh avlodga sifatli ta’lim berish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizni yana-da mustahkamlaydi.

Galereya

Ulashish: