Talabalarimizning xalqaro tadbirdagi faol ishtiroki e’tirof qilindi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori, professor M.Xolmuxamedov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va iqtidorli talabalar guruhi Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yig‘ilishi doirasida tashkil etilgan “CAREC va Global Ipak yo‘li: Turizm orqali mintaqalarni bog‘lash” mavzusidagi xalqaro sessiyasida faol ishtirok etmoqda. Ushbu muhim tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi departament boshlig‘i universitet talabalarining yuqori professionallik darajasi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalariga alohida to‘xtalib, ular haqida o‘zining ijobiy fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi. Talabalarimizning xalqaro maydonda munosib namoyon bo‘layotgani, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari poydevori ekanligidan barchamiz faxrlanamiz.