UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

"Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari HoReCa Expo 2025 ko‘rgazmasida faol ishtirok etishdi

24.10.2025 1 daq o'qish 1

"Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari HoReCa Expo 2025 ko‘rgazmasida faol ishtirok etishdi

2025-yil 21–23-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan HoReCa Expo 2025 xalqaro ko‘rgazmasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari faol ishtirok etishdi.

Tadbir davomida universitet hamda uning tarkibidagi Turizm akademiyasi, Art galereya, Turizm texnikumi, UNWTO tematik ofisi va Ipak yo‘li tadqiqot instituti faoliyati keng targ‘ib qilindi.

Ko‘rgazmaning uchinchi kuni doirasida “Ta’limga investitsiyalar – mehmonxona biznesini rivojlantirishning asosiy omili sifatida” mavzusida maxsus sessiya tashkil etildi. Sessiyada universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori professor Tongqian Zou o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Ulashish: