27–29 noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi – TITF 2025da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari ham faol ishtirok etishmoqda. Bundan tashqari yarmarkada universitet tizimidagi tashkilotlar Turizm va madaniy meros texnikumi, Xalqaro turizm akademiyasi, Art galereya va Art rezidentsiya o‘zlarining ko‘rgazma stendlari bilan qatnashib, ta’lim, ijod va innovatsiyalarga oid yangi loyihalarni namoyish qilmoqda.
Tadbir doirasida “Turizm, ta’lim va fan: kelajakka nazar” xalqaro forumi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda turizm industriyasining istiqbollari, ta’lim sifati va ilmiy yondashuvlar keng muhokama qilinadi.