Erasmus+ KA2 dasturi doirasida amalga oshirilayotgan DIANA xalqaro loyihasining rasmiy ishga tushirilishi 2–3 fevral kunlari Qozog‘iston Respublikasining Kokshetau universitetida o‘tkazilib, unda universitetimizdan Nargiza Abduvaxidova hamda Irina Qodirova ishtirok etishdi.
DIANA loyihasi, qishloq hududlarida istiqomat qilayotgan xotin-qizlar uchun yangi tadbirkorlik imkoniyatlarini yaratish, qishloq turizmi sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida barqaror biznes modellarni joriy etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Tadbirda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Portugaliya va Germaniya davlatlarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishdi. Bu esa DIANA loyihasi doirasidagi xalqaro hamkorlikning keng qamrovli va yuqori darajada ekanini yaqqol namoyon etadi.