25.05.2026
1 daq o'qish
1
TALABALAR PARLAMENTI PREZIDENTLIGI SAYLOVI NATIJALARI
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Talabalar parlamenti prezidentligi saylovi ochiq, shaffof va demokratik tamoyillar asosida yuqori saviyada tashkil etildi.
Saylov natijalariga ko‘ra:
Raximjonov Salohiddin Sadriddin o‘g‘li — 245 ta ovoz (38,9%)
Alamova Ra’no Xamdamovna — 386 ta ovoz (61,1%)
Alamova Ra’no Xamdamovna Talabalar parlamenti prezidenti etib saylandi.
Universitet jamoasi nomidan g‘olibni samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Shuningdek, saylovda faol ishtirok etgan barcha talabalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.