Universitetimizda faol va tashabbuskor talaba-yoshlar ishtirokida “Fikrlar marafoni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasini keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish va targ‘ib etish maqsadida o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida universitet dekani hamda tyuterlar tomonidan ushbu muhim hujjatlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, talaba-yoshlarning faol ishtiroki alohida e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda mamlakat taraqqiyotida yoshlarning teran fikri, tashabbusi va innovatsion g‘oyalari har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadbir davomida talabalar loyiha bandlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar hamda yurt ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini namoyon etdilar. Samimiy muloqot va ochiq fikr almashuvi ruhida o‘tgan ushbu davra suhbati yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.