“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2026-yilning 11-mart kuni universitet ilmiy izlanuvchilari bilan Turizm akademiyasi faollar zalida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi DSc.22/2025.27.12.1.01.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar raisi, professor B.Safarov hamda universitet Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig'i, professor v.b. N.Mansurova tomonidan ilmiy izlanuvchilarning faoliyati, dissertatsiya ishlarini olib borish jarayoni hamda attestatsiya masalalari bo‘yicha muhim tushuntirishlar berildi va savol-javoblar tashkil etildi.