Samarqandda “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb ko‘rgazmasi o‘tkazildi
27-avgust kuni Samarqand shahrida “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, bitiruvchilar uchun yaratilayotgan mehnat va tadbirkorlik imkoniyatlari bilan tanishdi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi yoshlar va ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini belgilash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tadbir doirasida universitet bitiruvchilari ish beruvchilar, bank vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot imkoniyatlari, tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish uchun kredit paketlari hamda moliyaviy xizmatlar haqida ma’lumot oldilar.
Shuningdek, o‘z biznesini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygan bitiruvchilar esa o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, tadbirkorlikni boshlash jarayoni va erishgan natijalari haqida so‘zlab berdilar.