Universitetimiz Ilmiy bo‘limi boshlig‘i, dotsent Nargiza Mansurovaning “Barqaror turizmni samarali rivojlantirishning metodologik asoslari” mavzusidagi monografiyasi chop etildi. Ushbu monografiya turizm sohasi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar, tadqiqotchilar va sohaga qiziquvchilar uchun muhim va qimmatli bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Universitet jamoasi nomidan hurmatli Nargiza Mansurovani ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va uning kelgusi ilmiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz!