“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i, Turizm kafedrasi v.b. professori Mansurova Nargiza Shamsidinivna “Yashil iqtisodiyot sharoitida barqaror turizmni samarali rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish” mavzusida 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini oldi. Universitet jamoasi nomidan ustozimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi ilmiy faoliyatlarida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.