“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida kafedra mudirlari ishtirokida 2025–2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari yuzasidan muhokama yig‘ilishi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida kafedralar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ilmiy loyihalar, innovatsion g‘oyalar, hamda xalqaro ilmiy hamkorlik yo‘nalishlari batafsil ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ilmiy izlanishlarning amaliy samaradorligini oshirish va ularni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida 2025–2026 o‘quv yilida ilmiy faoliyat samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan muhim tavsiyalar berildi va bajarilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olindi.