O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 21-apreldagi 01-16-241-sonli Chora-tadbirlar dasturining 103-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Urgut tumani hokimligi bilan hamkorlikda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun Urgut tumanidagi ziyorat maskanlari, tarixiy-madaniy obyektlar, hunarmandchilik markazlari hamda tog‘oldi hududlariga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Tersak turizm qishlog‘i hamda Sovg‘on qishlog‘ining ziyorat turizmi salohiyati, boy tarixiy-madaniy merosi, hunarmandchilik an’analari, tabiiy manzaralari va mahalliy tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, hududdagi issiqxona xo‘jaliklari faoliyati o‘rganilib, qishloq turizmi va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tajribalar almashildi.
Shuningdek, Tersak qishlog‘idagi mehmon uylari egalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mehmonlarni qabul qilish tajribasi, turizm xizmatlari sifati va tog‘oldi hududlarining istiqbolli turistik imkoniyatlari muhokama qilindi. Mazkur tashrif ishtirokchilarning Urgut tumanining turizm resurslari, mahalliy madaniy merosi va iqtisodiy salohiyati haqidagi amaliy bilimlarini yanada boyitdi.
Tadbir universitet va hududiy tashkilotlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlash bilan birga, ichki turizmni rivojlantirish, madaniy merosni asrab-avaylash hamda turizm sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Mehmon uylari:

d

d

d
Tog' oldi imkoniyatlari:

d
Sovg'on mahallasi:
d
