UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Texnikum o‘quvchilari mahorati Garvard yetakchi yoshlar sammitida e’tirof etildi

25.05.2026 1 daq o'qish 1

Texnikum o‘quvchilari mahorati Garvard yetakchi yoshlar sammitida e’tirof etildi

2026-yil 18-21-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Orzudan imkoniyatga: Garvard Samarqandda!” shiori ostida Garvard yetakchi yoshlar sammiti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xalqaro tadbirda Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi Oshpazlik yo‘nalishi o‘quvchilari ham o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Ishlab chiqarish ta’limi ustasi Murodova Noila rahbarligidagi yosh oshpazlar sammit mehmonlari uchun yuqori darajada ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatdilar.

AQSHning Garvard universitetidan tashrif buyurgan professor va talabalar, universitet yoshlari hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari yosh oshpazlarning pazandachilik mahorati, mehmondo‘stligi va zamonaviy servis madaniyatiga yuqori baho berdilar.

Ushbu amaliy natijalar Prezidentimizning PF-158-son Farmonida belgilangan vazifalar asosida kasbiy ta’lim tizimida amaliy ko‘nikmalarni kuchaytirish hamda xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

Ulashish: