“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalariga “Energiya sarfi tejamkorligi” savodxonligi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi. “Energiya tejamkorligi” mavzusida taqdimot materiallari tayyorlandi va talabalar uchun dars mashgʻulotlari olib borildi. Oʻquv kurslari doirasida yenergiya tejamkorligining iqtisodiy asoslari boyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Mazkur o‘quv kurslari davomida universitet talabalari oʻrtasida energiya tejamkorligi savodxonligini oshirish, ekologik madaniyatni shakllantirish hamda innovatsion yondashuvlar asosida energiya samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar haqida ma’lumotlar berildi.