2025-yil 5-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Buvijonim ma’rifati va o‘gitlari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Sh.Rashidov nomidagi SamDU Xotin-qizlar kengashi raisi Sh.B.To‘xliyeva, Veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti vakili J.B.Sayfitdinova, Samarqand shahar “Vatanparvar” MFY faoli N.X.Qosimova hamda tyutorlar va talaba-qizlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda faxriylar milliy qadriyatlar, sharqona odob, oilaviy tarbiya, sabr-toqat va qizlarga xos muomala borasida o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Maqsad qo‘yish, to‘siqlarni bilim va intilish bilan yengish haqidagi o‘gitlar talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida she’rlar, sahna ko‘rinishlari va videoroliklarga ham o‘rin berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, uchrashuv samimiy va mazmunli ruhda yakunlandi.