Bugun, 27-oktabr kuni, universitetimiz TTK-124 guruhi talabalari ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi bir qator qiziqarli musobaqalar tashkil etildi.
Ishtirokchilar badminton va stol tennisi bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, jamoaviylik, do‘stlik va sport ruhini yanada mustahkamlashdi.
Bunday sport tadbirlari nafaqat sog‘lom turmush tarzini mustahkamlaydi, balki talabalar o‘rtasidagi birdamlik va hamjihatlikni ham kuchaytiradi.