26.11.2025
1 daq o'qish
1
🎓 Universitetimizda “Talabalar Ligasi” musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda
2025-yil 25-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Talabalar Ligasi” olimpiadasi doirasida shaxmat musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa talabalar o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.
♟ Musobaqa natijalari
🧑🎓 O‘g‘il bolalar yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin — Musurmonov Azimjon (MENEJMENT-125)
2-o‘rin — Turdimurodov Islombek (TTE-225)
3-o‘rin — Nabiyev Dilshodbek (TH-324)
👩🎓 Qizlar yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin — Radjabova Jasmina (BM-124)
2-o‘rin — Karimova Muslima (TH-224)
3-o‘rin — Rustamova Aziza (LOG-124)
🎉 Musobaqada yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan barcha ishtirokchilarni muborakbod etamiz!
G‘olib va sovrindorlarga kelgusi o‘quv faoliyati va sport yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.