UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimiz talabalarining ijodiy ishlari e’tirof etildi

24.11.2025 1 daq o'qish 1

Universitetimiz talabalarining ijodiy ishlari e’tirof etildi

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning insoniy fazilatlarini yanada yuksaltirish hamda Vatan, el-yurt va oila oldidagi mas’uliyatlarini oshirish maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ijodiy videoroliklar tanlovi oʻtkazildi.
Tanlov oʻz nihoyasiga yetdi.

Tanlov davomida talabalar tomonidan taqdim etilgan tarix, milliy oʻzlikni anglash, qadriyatlar va ekologiya mavzularidagi ishlar 10 ta mavzu boʻyicha baholab chiqildi va eng sara ijodkorlar aniqlab olindi.

Natijalar:

  • 1-oʻrinFayzullayeva Farangiz — “Tarixiy va milliy oʻzligini anglash” mavzusidagi videorolik uchun gʻolib deb topildi.

  • 2-oʻrinDjuraqulova Mehribon — “Yashil makon” mavzusidagi ijodiy ishi uchun taqdirlandi.

  • 3-oʻrinRabiddinova Manija — “Milliy qadriyatlar va madaniy merosni ulugʻlash” mavzusidagi videorolik uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

Ushbu tanlov talabalar ijodiy fikrlashini rivojlantirish, tarixiy merosni chuqur anglash, ekologik madaniyatni keng targʻib etish hamda ularni ijtimoiy faollikka undashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ulashish: