Universitetimiz mas’ullari tomonidan Samarqand shahrida ijarada istiqomat qilayotgan 1-bosqich talabalari — U. Mustafoeva va Sh. Zayniddinovalar xonadonlariga borib, ularning turmush sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida talabalarning yashash joylari tozaligi, yong‘in va texnik xavfsizlik talablariga mosligi, shuningdek, xonadon egalari bilan o‘zaro munosabatlari sinchiklab ko‘zdan kechirildi.
Tinch va osoyishta muhit hukm surgan bu manzillarda talabalarning samarali ta’lim olishi uchun barcha qulayliklar yaratilgani kuzatildi. Uylar zamonaviy qo‘riqlash tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.