“Logistika” yo‘nalishi LOG-125 guruhi bilan dual ta’lim tizimi asosida navbatdagi o‘quv-amaliy mashg‘ulotida talabalar temir yo‘l transporti infratuzilmasi, yo‘lovchilarni qabul qilish va jo‘natish jarayonlari, poyezdlar harakatini boshqarish tizimi hamda qatnovlar jadvali asosidagi logistik operatsiyalar bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, chipta sotish, elektron bronlash tizimlari, yuk bilan ishlash, kutish zallari va platformalardagi harakatni muvofiqlashtirish, xavfsizlik choralari hamda xizmat ko‘rsatish standartlariga ham alohida e’tibor qaratildi.