Bugun, 16-aprel kuni universitetimiz bitiruvchilari uchun o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Kelajakka qadam” dasturi doirasida tashkil etilgan tadbirda “O‘zmilliybank” AJ viloyati bosh boshqarmasi mas’ul xodimi talabalar bilan suhbatlashdi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad – yoshlarni tadbirkorlik yo‘lida amaliy ko‘mak berish, ularning biznes tashabbuslarini imtiyozli kreditlar, maxsus treninglar hamda zamonaviy bank xizmatlari orqali qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Mutaxassis bitiruvchilarga o‘z loyihalarini ro‘yobga chiqarish uchun mavjud davlat dasturlari, kreditlash shartlari va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, ularga amaliy tavsiyalar taqdim etildi.