1-iyundan 31-avgustgacha "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari Bolgariya Qora dengiz sohilidagi eng yaxshi mehmonxonalarda o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini o‘tmoqda.
Ushbu dastur kelajakdagi mutaxassislar uchun turizm sohasi sharoitlarida bevosita amaliy tajriba orttirish, xalqaro xizmat ko‘rsatish standartlari bilan tanishish, hamda kasbiy va madaniyat ko‘nikmalarini kengaytirish uchun noyob imkoniyat yaratadi.
Xorijda amaliyot o‘tish raqobatbardosh ko‘nikmalarni shakllantirishga va turizm hamda mehmonxona biznesida kasbiy o‘sishning yangi ufqlarini ochishga xizmat qiladi.