Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Besh muhim tashabbus” doirasidagi sport musobaqalarida IR-125 guruh talabalari o‘zlarining fidoyiligi, jipsligi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi bilan faol ishtirok etishmoqda.
Ular futbol maydonida nafaqat jamoaviy o‘yin, balki do‘stlik, birdamlik va sportga bo‘lgan muhabbat timsolini namoyon etishmoqda. Har bir uchrashuv – bu yangi tajriba, yangi g‘alaba sari tashlangan dadil qadamdir.
Mazkur musobaqa talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ularning jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.