UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Liderlik va diplomatiya” fanida talabalar kiberxavfsizlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tishdi

18.05.2026 1 daq o'qish 1

“Liderlik va diplomatiya” fanida talabalar kiberxavfsizlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tishdi

2026-yil 14–15-may kunlari Tillar va Global Tadqiqotlar kafedrasi tomonidan Dual ta’lim formati doirasida IR-125 va IR-225 guruhlari talabalari uchun “Liderlik va diplomatiya” fani bo‘yicha Model United Nations (MUN) rolli o‘yin mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining “Kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish” mavzusiga bag‘ishlandi.

Mashg‘ulot talabalar turli davlatlar vakillari sifatida haqiqiy diplomatik muzokaralar jarayonida qatnashib, bahs-munozaralar olib borish va rezolyutsiyalar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ishtirokchilar ommaviy nutq, muzokara olib borish, tanqidiy fikrlash, jamoada ishlash va diplomatik muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirdi. Shuningdek, ular kiberxavfsizlik, raqamli boshqaruv va ma’lumotlar maxfiyligi kabi zamonaviy global muammolarni muhokama qildi.

Talabalar raqamli davrda kiberbarqarorlikni ta’minlash va muhim ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlik masalalarida yuqori faollik va tahliliy yondashuv namoyish etdi.

Ulashish: