06.05.2026
1 daq o'qish
1
Talabalar «Mondelyuks» kompaniyasida dual ta’lim asosida amaliyot o‘tadi
Universitetimiz "Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot" kafedrasi dotsenti. N.Sultanova tomonidan TH-125 guruhi talabalariga Samarqanddagi “Mondelyuks” kompaniyasi faoliyati bilan tanishuv va amaliy dars tashkil etildi.
Dars jarayonida talabalarga “Mondelyuks” kompaniyasining mahsulot ishlab chiqarish jarayoni, texnik va tashkiliy jihatlari, tayyor mahsulotni mahalliy va xalqaro bozorlarda sotish tartibi, narx siyosati, brending, ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan innovatsiyalar hamda korxona faoliyatiga oid bilim va malakalar berildi.