UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talabalar harbiy qismga tashrif buyurishdi

20.10.2025 1 daq o'qish 1

Talabalar harbiy qismga tashrif buyurishdi

Bugun universitetimiz talabalari Markaziy harbiy okrugning harbiy qismiga tashrif buyurib, harbiy xizmatchilarning hayoti, milliy armiyamizdagi islohotlar va harbiy soha rivoji bilan tanishdilar.
Tadbir doirasida talabalarga harbiy qismning kundalik faoliyati, zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarog‘lar namoyish etildi.
Shuningdek, talabalar harbiy xizmatchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Tashrif oxirida talabalar bu uchrashuv ularda katta taassurot qoldirganini, Vatan himoyachilariga bo‘lgan hurmat va ehtirom tuyg‘usi yanada kuchayganini ta’kidlab, bunday tadbirlar yoshlarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.

Ulashish: