Bugun 12-oktabr kuni talabalar turar joyida universitet mas’ullari tomonidan talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularga xonalarni doimo toza, ozoda va tartibli saqlash zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng “Besh muhim tashabbus”ning birinchi yo‘nalishi — yoshlarning jismoniy chiniqishi va sport bilan muntazam shug‘ullanishini ta’minlash maqsadida shaxmat hamda shashka musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqalarda talabalar faol ishtirok etishdi, bellashuvlar qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari bunday sport musobaqalari ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.