2025-yil 11-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Yoshlar oyligi” hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlari uchun suzish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda suzish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga suvda xavfsizlik qoidalari, to‘g‘ri nafas olish texnikasi, suzishning turli usullari va suvda o‘zini tutish bo‘yicha zaruriy bilim va amaliy tavsiyalar berildi.
Mazkur tashabbus yoshlarda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.