Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talabalarimiz Bolgariyada xalqaro tajriba orttirmoqda

24.08.2026 1 daq o'qish 69

Talabalarimiz Bolgariyada xalqaro tajriba orttirmoqda

Universitetimiz talabalari ayni kunlarda Bolgariyaning yetakchi mehmonxonalarida uch oylik amaliyot o‘tamoqda.

Amaliyot davomida talabalar turizm va mehmondo‘stlik sohasida Yevropa tajribasini orttirib, universitetda egallagan bilim va ko‘nikmalarini ish jarayonida amaliyotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Tajribali mehmonxona mutaxassislari bilan birgalikda faoliyat olib borish orqali talabalar amaliy kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirib, xalqaro xizmat ko‘rsatish standartlarini o‘rganmoqda hamda mehmonxona faoliyatining turli yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishmoqda. Shu bilan birga, ular turli madaniyat vakillari bilan professional muloqot qilish orqali til ko'nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.

Galereya

Ulashish: