Texnikum bitiruvchilari uchun suhbat muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi
2026-yil 21-avgust kuni "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida texnikum bitiruvchilarini bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilish jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Suhbat jarayonida yoshlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etib, tanlagan ta’lim yo‘nalishlari, kelgusidagi maqsadlari hamda kasbiy rejalari haqida fikr bildirdilar. Savol-javoblar davomida talabgorlarning mustaqil fikrlashi, dunyoqarashi, muloqot qobiliyati va sohaga bo‘lgan qiziqishiga e’tibor qaratildi.
Jarayon belgilangan tartib asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya qilgan holda tashkil etildi. Talabgorlar uchun o‘z bilim va imkoniyatlarini namoyon etishlari uchun teng sharoit yaratildi.
Suhbatda ishtirok etgan 21 nafar talabgorning barchasi muvaffaqiyatli natija qayd etdi.
Mazkur jarayon texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limni davom ettirish, bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish hamda kelgusida turizm va madaniy meros sohalarida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari yo‘lidagi muhim imkoniyatlardan biri bo‘ldi.
Suhbat natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, talabgorlarning my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlariga joylashtirildi.