UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

"Accessory" nomli to‘garak faoliyatini boshladi!

07.11.2025 1 daq o'qish 1

"Accessory" nomli to‘garak faoliyatini boshladi!

Talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli va unumli o‘tkazishlari, o‘z iqtidor va qiziqishlarini yanada rivojlantirishlari maqsadida darsdan tashqari "Accessory" nomli to‘garak o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur to‘garak doirasida ishtirokchilar turli xil zamonaviy bezak buyumlari, aksessuarlar yasash sirlarini o‘rganadilar, o‘z qo‘llari bilan yaratilgan ijodiy ishlari orqali estetik did va badiiy tafakkurlarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladilar.

To‘garak nafaqat talabalarning ijodiy salohiyatini oshirish, balki ularni mehnatsevarlik, did bilan ishlash va jamoada faoliyat yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishga ham xizmat qiladi.

"Accessory" to‘garagiga barcha ijodga qiziquvchi, yangilik yaratishga intiluvchi talabalarni taklif etamiz!

Ulashish: