25.05.2026
1 daq o'qish
1
"Avtomobilsiz kun” tashabbusi universitetimiz jamoasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi
Bugun Samarqandda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi munosabati bilan unversitetimiz rahbariyati, professor-o‘qituvchilari ham xizmat va shaxsiy avtomobildan foydlanmasdan ayrimlari piyoda, qolganlari esa jamoat transportida ishga kelishdi.
“Avtomobilsiz kun” tashabbusi universitetimiz jamoasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, bu esa shaharda tirbandlikni kamaytirish, havo ifloslanishining oldini olish va jamoat transportidan foydalanish madaniyatini oshirishga xizmat qildi. Samarqandda bunday ekologik aksiyalarning ko‘payishi shahar muhiti va aholi salomatligi uchun muhim qadam.