O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 13-iyundagi 107-xdfu-sonli buyrug'ining 2-v bandi ijrosi yuzasidan "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kafedra mudirlari va professor-o'qituvchilari tomonidan Samarqand viloyati Bulung'ur tumanida mavjud o'rta ta'lim maktablarida uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuv davomida universitet qabul jarayonlarida abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar: onlayn ro'yxatdan o'tish, test sinovlari natijasida to'plagan ballidan kelib chiqib 5 tagacha bakalavriat ta'lim yo'nalishlarini tanlash, universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, yo'nalishlar va ta'lim shakllari, kontrakt asosida tahsil oluvchi talabalar uchun joriy etilgan "ta'lim krediti" turlari, ta'lim grantlari dasturi va boshqa moliyaviy ko'maklar kabi tartiblar asosli tarzda tushuntirildi.