17.10.2025
1 daq o'qish
1
Talabalarimiz uchun yaratilayotgan sharoitlar yaqindan o‘rganilmoqda
Universitetimizda talabalar uchun qulay yashash va ta’lim olish sharoitlarini yaratish doimiy e’tiborda. Shu maqsadda talabalarning turmush sharoitlari muntazam ravishda o‘rganib borilmoqda.
Universitetimizning 2-bosqich talabasi S. Alimova Samarqand shahridagi mahallalardan birida ijarada yashab kelgan. Universitet mutasaddilari tomonidan talabaning yashash joyi va shart-sharoitlari joyiga chiqib o‘rganildi hamda ota-onasi bilan maslahatlashilgan holda S. Alimova talabalar turar joyiga joylashtirildi.
Talabalar turar joyida yaratilgan qulay muhit va zamonaviy shart-sharoitlar talabaning o‘qishdagi faolligi, motivatsiyasi hamda ta’limdagi samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.